Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada safarbarlik tadbirlari qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Rossiyada safarbarlik tadbirlari qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Rossiyada harbiy safarbarlik tadbirlari 21-sentyabrdan boshlanadi, dedi Vladimir Putin va hududlar rahbarlariga bu ishda «bosh-qosh» topshirdi.

«Mobilizatsiya tadbirlari bugun, 21-sentyabrdan boshlanadi. Men hududlar rahbarlariga komissariyatlar faoliyatida barcha zarur yordamni ko‘rsatishni topshiraman», — dedi Putin o‘z murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, harbiy safarbarlik e’lon qilinishidan avval Rossiya Jinoyat Kodeksiga safarbarlik, urush davri o‘z xohishi bilan asirlikka tushganlar, urushdan qochganlar uchun qamoq jazolari kiritildi.

Avvalroq Rossiyadagi huquqshunos migrantlarni ham harbiy xizmatga yollash boshlangani va buning oqibatlari haqida ogohlantirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring