Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik amaldor O‘zbekistonni Rossiya tarkibiga qo‘shib olish haqida iddao qildi

Rossiyalik amaldor O‘zbekistonni Rossiya tarkibiga qo‘shib olish haqida iddao qildi

Rossiyalik propagandachi-amaldor Zaxar Prilepin ochiqsasiga bosqinchilik g‘oyasini ilgari surdi.

U sobiq SSSR hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shib olishni va uning aholisiga rus tilini o‘rgatishni taklif qildi. Go‘yoki muhojirlar muammosini shunday hal qilishga chaqirgan.

Yozuvchi Moskvada matbuot anjumani o‘tkazib, kelajak rejalari haqida gapirgan.

So‘ng, demografiyadagi muammolar va migrantlar bilan mojarolarga to‘xtalib, bu muammolarni hal qilish uchun ruslar ko‘proq bola tug‘ishi kerakligini uqtiradi. «Ruslar qancha ko‘p bo‘lsa, chetdan kelgan odamlar o‘zini noto‘g‘ri tutishi bilan bog‘liq muammolar kamroq bo‘ladi», deydi u.

«Bizga kelgan muhojirlarga bu yerda emas, balki O‘zbekistonning o‘zida rus tilini o‘rgatish uchun ularni qo‘shib olish zarur», deydi bosqinchilik g‘oyasini ilgari surgan propagandachi.

«Men hazillashayotganim yo‘q», deya qo‘shimcha qilgan u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring