Rossiyalik gubernator migrantlardan to‘liq voz kechmoqchi ekanini aytdi
Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev 4 dekabr kuni aholi bilan bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telemuloqotda 2025 yildan boshlab hududda xorijiy ishchi kuchi butunlay taqiqlanishini ma’lum qildi.
«O‘lkada mehnat migrantlari bilan bog‘liq vaziyat tushunarsiz va biroz nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada. Mahalliy ishchi kuchi esa yetarli, biz ularga tayanishimiz kerak», – degan gubernator.
Hozirgi vaqtda Krasnodar o‘lkasida mehnat migrantlari uchun 85 turdagi iqtisodiy faoliyat turi taqiqlangan. Faqat qurilish sohasida ishlashga ruxsat etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter