Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruminiyada NATOning Yevropadagi eng yirik bazasi qurilishi boshlandi

Ruminiyada NATOning Yevropadagi eng yirik bazasi qurilishi boshlandi

Foto: Kommersant

Ruminiyada NATOning Yevropadagi eng yirik bazasi qurilishi boshlandi. Qurilish qiymati €2,5 milliardni tashkil etadi, deb xabar berdi Euronews.

Baza hududi 2,8 ming gektar bo‘lib, Konstansa uyezdida joylashadi, uning yaqinida Qora dengiz bo‘yidagi rumin porti ham bor. «Amerika aviabazasi joylashadigan bu hudud 2,5 mlrd yevro qiymatidagi davlat investitsiyalari kiritilgach, chinakam shaharchaga aylanadi», — deb xabar berdi telekanal.

Loyiha uchish-qo‘nish yo‘laklari, qurol-aslaha platformalari, harbiy samolyotlar uchun angarlardan tashqari, maktablar, bolalar bog‘chalari, do‘konlar va shifoxonalarni qurishni ham o‘z ichiga oladi.

Shimoliy Atlantika alyansi so‘nggi paytlarda sharqiy hududlariga e’tiborni kuchaytirmoqda. Ruminiyadagi tilga olingan bazada ayni paytda 5 ming nafar harbiy — asosan amerikaliklar joylashtirilgan. Qurilishdan so‘ng bu yerdagi harbiylar soni 10 ming nafarga yetib, Yevropadagi eng yirik NATO bazasiga aylanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring