Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rus qo‘shinlari ikki oydan beri «Azovstal»ni egallay olmayapti. Zavod himoyachilari qanday ahvolda? (foto)

Rus qo‘shinlari ikki oydan beri «Azovstal»ni egallay olmayapti. Zavod himoyachilari qanday ahvolda? (foto)

Foto:

Rus qo‘shinlari Azovstal zavodini egallab olishga harakat qilishmoqda, ammo samarasiz. Zavodni himoya qilayotganlar hozir shunday ko‘rinishga kelishgan.

Azovstal zavodi uchun janglar deyarli ikki oydan beri, mart oyining o‘rtalaridan beri davom etmoqda. Hozirda zavod ruslar tomonidan egallangan Mariupoldagi oxirgi qarshilik markazidir.

Aprel oyining oxirida Vladimir Putin hujumni to‘xtatishni buyurdi, ammo Azovstal himoyachilari muntazam ravishda o‘qqa tutib turildi.

May oyi boshida tinch aholi hududdan evakutsiya qilingan, 8 may kuni esa zavodni himoya qilayotgan Azov polki jangchilari «samarali mudofaa uchun barcha resurslarni sarflaganliklarini» aytishgan.

Ikki kundan keyin batalionning  telegram-kanalida yaralangan askarlarning fotosuratlari e’lon qilindi va ularni evakuatsiya qilishda dunyo hamjamiyatidan yordam so‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring