Sankt-Peterburg metrosida yupun kiyimdagi o‘zbekistonlik qizcha topib olindi
Sankt-Peterburgda metroning «Narvskaya» bekatida ustki kiyimsiz o‘zbekistonlik qizcha topildi.
Metro matbuot xizmati xabar berishicha, yo‘lovchilardan biri bolani xavfsizlik xizmati xodimlariga topshirgan. Ular, o‘z navbatida, tez yordam va politsiyani chaqirishgan.
Voyaga yetmagan qizcha o‘zini g‘alati tutgan va deyarli gapirmagan. Qizcha onasi bilan yashashi aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ertalab uyg‘onganida bola uyda yo‘q bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hali maktab yoshiga ham yetmagan qizcha uydan chiqib ketganini sezmay qolgan.
«Fontanka» nashriga ko‘ra, bola tug‘ilganda harakatlanishda nuqsonlar, shuningdek, rivojlanishida muammolar bo‘lgan. Uning onasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, Rossiyada yashash uchun ruxsatnomaga ega.
Otaga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 5.35-moddasi («Ota-onalarning voyaga yetmaganlarni boqish va tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaslik») bo‘yicha bayonnoma tuzilgan. Qizchani kasalxonaga yotqizish zarur deb topilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter