Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sankt-Peterburgda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Sankt-Peterburgda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Sankt-Peterburgning Tixoretskiy prospektidagi Budyonniy aloqa akademiyasida yuz bergan portlash oqibatida yetti kishi jabrlandi. Bu haqda  Baza Telegram kanali xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki jabrlanuvchining ahvoli og‘ir, ulardan biri reanimatsiyada. Hozirda portlash joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.

Akademiyaga dron tomonidan hujum qilingani aytilmoqda. Bu ma’lumot hali rasman tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kuni oldin ushbu shaharda avtobus daryoga qulagandi. Oqibatda sakkiz kishi halok bo‘ldi. Avtobus haydovchisi hibsga olingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring