Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sankt-Peterburgda migrantlarga taksichilik qilish taqiqlandi

Sankt-Peterburgda migrantlarga taksichilik qilish  taqiqlandi

Foto: RIA Novosti

Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov patentli migrantlarga taksi haydovchisi bo‘lib ishlashni taqiqlovchi qarorni imzoladi.

Ish beruvchilarga faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘yish va yangi xodimlarni yollashga uch oy muhlat berildi.

Shahar kattalari xizmatlar xavfsizligi va sifatini o‘ylab hamda rossiyaliklar uchun ko‘proq ish o‘rinlari yaratish maqsadida shunday qarorga kelgani aytilmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, hokimlikning "oqilona" qarori oqibatida taksi xizmatlari, haydovchilar yetishmasligi tufayli, 10–50 foizgacha qimmatlashadi, taksichini kutishga ketadigan vaqt yanayam cho‘ziladi.

Qaror e’lon qilinganidan 10 kun o‘tib kuchga kiradi.

Bungacha Rossiyaning Kaluga, Tyumen, Kaliningrad, Voronej, Tula va Amur oblastlarida migrantlarning taksichilik qilishi man etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring