Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonga qarshi vaksina qachon yaratilishi mumkinligi aytildi

Saratonga qarshi vaksina qachon yaratilishi mumkinligi aytildi

Joriy o‘n yillikda, ya’ni 2030-yilgacha saratonga qarshi emlash paydo bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Oksford universiteti olimi Jonatan Kvok ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotning o‘rta bosqichida bo‘lgan bir nechta variant allaqachon mavjud.

«Hozir variantlar bor, unda kamida 10 ta kompaniya va turli yondashuv va strategiyalarga ega bo‘lgan akademik bo‘limlar ishtirok etmoqda. Ushbu yondashuvlarning har birining afzalliklari nimada, qaysi usullar eng yaxshi ekanini tekshiramiz», — deydi tadqiqotchi Ispaniyaning El Mundo gazetasiga.

Shu bilan birga, britaniyalik olim o‘z vaksinalari 2030-yil boshlanishidan oldin paydo bo‘lishi kutilayotganini ta’kidladi.

«Saratondan o‘lim 70-90 foiz hollarda metastazlar tufayli sodir bo‘ladi. Biz vaksina yordamida hosil bo‘ladigan immunitet tizimining barqaror reaksiyasi orqali ularning paydo bo‘lishining oldini olishni mo‘ljallamoqdamiz», degan Jonatan Kvok va sichqonlarda o‘tkazilgan testlar muvaffaqiyatli bo‘lganini qo‘shimcha qildi. 

«Biz odamlar bilan ham xuddi shunday natijaga erishmoqchimiz», — deb ta’kidladi olim.

Klinik sinovlarning birinchi bosqichi kelgusi oylarda boshlanishi kutilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring