Saudiya shahzodasi G7 sammitida qatnashmaydi
Saudiya Arabistoni bosh vaziri hamda voris shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud G7 sammitida qatnashmaydi. Bu haqda SPA axborot agentligi xabar berdi.
Saudiya shahzodasi 14-iyun kuni sammitda onlayn qatnashishga taklif etgani uchun Italiya bosh vaziri Jorja Meloniga minnatdorlik bildirdi. Biroq Haj mavsumidagi ishlar nazorati bilan bandligi bois tadbirda qatnasha olmasligidan afsusda ekanini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Katta yettilik» (G7) yetakchilari sammiti Italiyada 13–15-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
«Katta yettilik»ka raislik qilayotgan Italiya Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hamda «yigirmalik» raisi — Braziliya prezidenti Luis Ignasio Lulu da Silvani G7 sammitiga taklif qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter