Seuldagi tiqilinchda halok bo‘lgan xorijliklar uchun tovon puli to‘lanishi mumkin
Joriy yil 29-oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxtida o‘tkazilgan Hellouin bayramidagi ommaviy tiqilinchda halok bo‘lganlar xorijliklarning oilasiga tovon puli to‘lanishi mumkin.
Bu haqda mamlakatdagi rus elchixonasi TASSga ma’lum qilgan.
«Elchixonaning konsullik bo‘limi boshlig‘i Denis Abdrashikovning aniqlik kiritishicha, janubiy koreyalik rasmiylar ayni paytda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan yordamning miqdori va shaklini muhokama qilishmoqda», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Seulda bo‘lib o‘tgan Hellouin bayramida tiqilinch sabab o‘nlab odamlar halok bo‘lgani va keyinchalik qurbonlar soni aniqlanib, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bo‘lgani haqida xabarlar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter