Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton milliarderga aylanishdi

Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton milliarderga aylanishdi

Foto: AP

Qirolicha Yelizaveta II vafotidan so‘ng, shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton yangi unvonlar olib, milliarderga aylanishdi. Uilyamga Kornuell gersogi unvoni meros qoldi — endi u Kornuell va Kembrij gersogi, Keyt Middlton esa — Kornuell va Kembrij gersoginyasi.

Bu unvonlar ular katta miqdordagi yerlar, o‘rmonlar, daryolar va boshqa boyliklarga ham egalik qilishini anglatadi.


Mavzuga oid: Yelizaveta ІІ ning boyliklari kimga qoladi?


Eslatib o‘tamiz, 9-sentyabr kuni yangi qirol Charlz III (Karl III) o‘g‘li Uilyamni Uels shahzodasi, kelini Keyt Middltonni Uels malikasi deb e’lon qilgandi. Bungacha Uels malikasi unvoni Uilyamning onasi malika Dianaga tegishli bo‘lgan.

Uilyamning boyligi 1,1 milliard funt sterlingga yetgani aytilmoqda.

Ayni paytda shahzoda Uilyam ixtiyorida Angliya va Uelsdagi 20 ta graflikda joylashgan 128 ming akr (salkam 52 ming gektar) atrofida yerlar bor, ularning ayrimlari tarkibiga milliy Dartmur bog‘ining bir qismi ham kirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring