Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya elitasi Pekinda g‘arbning serhasham buyumlarini ko‘z-ko‘z qildi

Shimoliy Koreya elitasi Pekinda g‘arbning serhasham buyumlarini ko‘z-ko‘z qildi

Foto: Yonhap News

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va uning singlisi Kim Yo Chjon Pekinga yaqinda qilgan safari chog‘ida Yevropaning hashamatli brendlariga burkangani bilan yana bir bor e’tiborni tortdi, deb yozdi South China Morning Post gazetasi.

Xitoy poytaxtida G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda olingan suratlarda Kim Chen Inning qo‘liga taqilgan IWC Schaffhausen Portofino avtomatik boshqaruvli qo‘l soatini ko‘rish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining veb-saytida ushbu shveysar soati 14 100 AQSh dollaridan sotilmoqda. Kim 2023-yil sentyabrida Rossiyaga ham shu soatini taqib kelgandi.

Uning singlisi Kim Yo Chjon ham Pekin tadbirlarida qo‘y terisidan ishlangan, narxi 7 500 AQSh dollaridan qimmatroq Lady Dior qora sumkasi bilan qatnashdi.

Shimoliy Koreyada hashamatli buyumlar
«burjua madaniyati» ramzi sifatida qoralanadi va mutlaqo taqiqlangan. Bunday buyumlardan foydalangan fuqarolar ayovsiz jazolanadi.

Ammo Kim Chen Inning oila a’zolari va elitaning boshqa vakillari «daxlsiz», ular Dior, Gucci va Bvlgari brendlaridan foydalanishdan huzur olishadi. Yaqinda Kim Chen In Maybach yo‘ltanlamasi bilan suratga tushgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring