Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada minglab kishi Qur’onning yoqib yuborilishiga qarshi namoyishga chiqdi

Shvetsiyada minglab kishi Qur’onning yoqib yuborilishiga qarshi namoyishga chiqdi

Shvetsiyaning Stortorget shahrida 9 iyul, yakshanba kuni uch ming kishi Qur’onning yoqilishini taqiqlashni talab qilib, namoyishga chiqdi.

Namoyishga yig‘ilgan shved musulmonlari hukumatdan mamlakat qonunchiligini qayta ko‘rib chiqishni va muqaddas bitiklarni tahqirlamoqchi bo‘lganlarni taqiqlovchi o‘zgartirishlar kiritishni talab qilishdi, deb yozadi Sydsvenskan.

«Biz musulmonlar xafa bo‘ldik. Shuning uchun biz bugun shu yerdamiz. Va bu shunchaki uchqun va bu Shvetsiya qonunchiligini yanada isloh qilishga olib kelishi kerak», — deya chiqish qildi aksiya tashkilotchilaridan biri.

Tashkilotchilar namoyishchilarga Qur’onning bosma nusxalarini, jami 500 ga yaqin nusxalarini tarqatishdi. Keyin barcha yig‘ilganlar jamoat bo‘lib nomoz o‘qishdi.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida Qurbon hayitining birinchi kunida iroqlik muhojir shahar bosh masjidi oldida muaqaddas Qur’on kitobini omma oldida yoqib yuborgandi. 

Avvalroq Shvetsiyaning zo‘ravon ekstremizmga qarshi markazi (CVE) Shvetsiya hukumatini jamoat tartibi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritib, agar milliy xavfsizlikka tahdid soladigan bo‘lsa, Qur’onni yoqish kabi ommaviy tadbirlarni taqiqlashga ruxsat berishga chaqirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring