Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Singapur tarixidagi to‘rtinchi bosh vazir ishga kirishdi

Singapur tarixidagi to‘rtinchi bosh vazir ishga kirishdi

Lourens Vong.

Foto: Reuters

Lourens Vong Singapur tarixidagi to‘rtinchi bosh vazir sifatida qasamyod qildi, mamlakatda so‘nggi 20 yilda hukumat rahbari almashmoqda.

CNA portaliga ko‘ra, 51 yoshli Vong rasman 72 yoshli Li Syanlunning o‘rnini egalladi, Syanlun katta vazir sifatida vazirlar mahkamasi tarkibida qoladi.

Qasamyod marosimida Vong ingliz, malay va xitoy tillarida nutq so‘zlab, mamlakat rahbariyatining ko‘p millatli Singapur birdamligi g‘oyalariga sodiqligini namoyon etdi.

2004-yildan buyon Singapur bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelgan Li Syanlun 2024-yilning 15-mayida iste’foga chiqishi haqida xabar bergandik. Lourens Vong uning o‘rinbosari bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring