Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sinoat: sirli monolit endi Kanadaning Toronto shahrida paydo bo‘ldi

Sinoat: sirli monolit endi Kanadaning Toronto shahrida paydo bo‘ldi

Kanadaning Toronto shahrida yana bir sirli monolit paydo bo‘ldi, deb xabar beradi CTV News.

Unga ko‘ra, 31-dekabr, payshanba tongida Ontario ko‘li yaqinida taxminan 3,5 metr balandlikdagi ob’yekt paydo bo‘ldi. O‘zining tuzilishida u sayyoramizning boshqa joylarida, xususan, Amerikaning Yuta shtatidagi cho‘lda topilgan monolitlarga o‘xshaydi.

Mahalliy hokimiyat jamoat xavfsizligiga tahdid ko‘rmaganligini, shuning uchun topilma joyida qolishini aytdi. Shuningdek, noma’lum vandallar Torontoda monolitni bo‘yashgani ko‘rsatilgan.

Birinchi sirli metall yodgorlik Yuta shtatining janubi-sharqida topilgan, ammo keyinchalik u g‘oyib bo‘lgan. Keyin bir nechta erkak uni yo‘q qilganini tan olgandi. Keyinchalik Germaniya, Gollandiya, AQSh, Ruminiya, Buyuk Britaniya va Boliviyada sirli monolitlar paydo bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring