Sirli monolit endi Kaliforniyada paydo bo‘ldi. U bir kun avval Ruminiyada yo‘qolib qolgandi
Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan metall ustun yangi joyda, Kaliforniyaning Ataskadero shahri yaqinidagi Pine tog‘ida paydo bo‘ldi. Bu haqida «BBC News» xabar berdi.
Mahalliy aholi vakili Gari Lyons chorshanba kuni monolitni ko‘rib qolgan. Guvohning «Sky News»ga ta’kidlashicha, bir kun oldin bu noma’lum jismni ko‘rmagan.
Monolit birinchi marta Yuta shtatidagi Qizil Kan’onda paydo bo‘lgan, ammo mahalliy hokimiyat uning ko‘rinishini o‘rganishni boshlagach g‘oyib bo‘ldi. Shundan keyin Ruminiyada shunga o‘xshash narsa paydo bo‘ldi.
«Ruminiya» ustunining balandligi taxminan 3-4 m bo‘lgan, kesmasi uchburchak bo‘lib, yorqin metalldan yasalgan.
Ataskaderodagi uchinchi monolit Ruminiya g‘oyib bo‘lganidan bir kun o‘tib paydo bo‘ldi.
Yevropadagi monolitni kim olib tashlaganligi hali noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter