Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Slovakiya bosh vaziriga suiqasd bo‘yicha ochilgan jinoiy ish terakt sifatida qayta ko‘riladi

Slovakiya bosh vaziriga suiqasd bo‘yicha ochilgan jinoiy ish terakt sifatida qayta ko‘riladi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga hujum uyushtirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasddan yetti hafta o‘tgach, jinoyat «terrorchilik harakati» deya qayta tasniflandi. 4 iyul, payshanba kuni bosh prokuror Maros Zilinka ayblovlarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilgan.

Hujum sodir bo‘lgan joyda qo‘lga olingan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu jinoyatni jamoatchilik oldida ma’qullagani unga ozodlikdan mahrum bo‘lgan yillarini turmada o‘tkazishi uchun sabab bo‘lishi ham mumkin.

Slovakiya Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Zuzana Drobovaga ko‘ra, gumonlanuvchi hozirda «og‘ir terrorchilik jinoyati»da ayblanmoqda. U dastlab qotillikka urinishda ayblangandi.

Eslatib o‘tamiz, Slovakiya bosh vaziriga suiqasd 15-may kuni mamlakatning markaziy qismidagi Gandlova shahrida sodir bo‘lgandi. Siyosatchi qorni, qo‘li va oyog‘idan yaralangan. 59 yoshli Fitso ikkita murakkab operatsiyadan so‘ng, hozirda shifoxonadan chiqqan va tuzalib ketgan. 

Hujum qilgan shaxs – 71 yoshli yozuvchi Juraj Cintula voqea joyida qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring