Slovakiya sobiq prezidenti pensiyasidan mahrum qilindi
Slovakiya prezidenti ma’muriyati soliq firibgarliklarida aybdor deb topilgan sobiq prezident Andrey Kiskaga pensiya to‘lash to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Ushbu mamlakat prezidentlariga lavozimidan ketganidan so‘ng yiliga 50 ming dollar atrofida pensiya to‘lanadi.
Pensiya to‘xtatilishi 31-oktyabrda apellyasiya sudi quyi instansiya sudi qarorini tasdiqlashi bilan bog‘liq — unga ko‘ra, Kiska aybdor deb topilib, shartli ravishda bir yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Yakuniy hukm chiqarildi, biroq aybiga iqror bo‘lmagan sobiq prezident o‘z nomini oqlash uchun Oliy sudga murojaat qilish imkoniyatidan foydalanishini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter