Slovakiyaning yangi prezidenti qasamyod qildi
Slovakiya tarixidagi ilk ayol prezident Zuzana Chaputova bugun, 15-iyun kuni qasamyod qildi. Chaputova — mustaqil Slovakiya (Chexoslovakiya ikkiga bo‘lingan 1993-yildan beri) tarixidagi beshinchi prezident.
«Men bu yerga boshqarish uchun emas, xizmat qilish uchun keldim», — dedi Chaputova inauguratsiya marosimida.
Zuzana Chaputova Slovakiyada bo‘lib o‘tgan saylovlarda 58,41 foiz ovoz to‘pladi. U Taraqqiyparvar Slovakiya muxolif partiyasining vitse-prezidenti edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter