Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qiladi

Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qiladi

Tailand O‘zbekiston uchun vizani bekor qilyapti. O‘zbekistonlik turistlar u yerda vizasiz 60 kunchaga qolishlari mumkin bo‘ladi.

Mamlakat jami 36 davlat uchun vizani bekor qilyapti. Kamboja, Xitoy, Hindiston, Yamayka, Qozog‘iston, Laos, Meksika, Marokash shular jumlasidan.

Endilikda mazkur mamlakatlardan tashrif buyuruvchi sayyohlar qirollikda amaldagi 30 kun o‘rniga 60 kungacha vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi.

Shu bilan, hukumat vakili Chay Vacharonning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yxati 57 tadan 93 taga yetkaziladi.

Qayd etilishicha, viza yig‘imlaridan tushadigan daromad qisqaradi, biroq, bu yo‘qotishlar turizm sanoatidan tushadigan daromadlarning ortishi bilan qoplanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring