Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’lim sohasida 3 yilda 24 mln dollarga teng mablag‘ o‘g‘irlangan – Qozog‘iston OAV

Ta’lim sohasida 3 yilda 24 mln dollarga teng mablag‘ o‘g‘irlangan – Qozog‘iston OAV

Korrupsiyaga qarshi kurashish tashkiloti bergan ma’lumotga ko‘ra, Qozog‘istonda ta’lim sohasidagi korrupsiyaning tizimli tus olishi ortidan, birgina oxirgi uch yilda 343 ta poraxo‘rlikka oid huquqbuzarliklar qayd etilgan. 255 nafar o‘qituvchi va ta’lim xodimi pora va o‘zlashtirishda ayblanib qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, 2021-yildan buyon davlat tomonidan ta’lim sohasiga 12,1 trillion tenge ajratilgan, bu davlat budjetining barcha xarajatlari tarkibida 28 foizni tashkil etadi.

Mamlakat Aksilkorrupsiya agentligida hisobot davrida mamlakat bo‘ylab davlat pullarini talon-toroj qilishga qaratilgan jinoiy sxemalar fosh etildi. Eng yirik o‘g‘irliklar Olmaota shahri, Chimkent, Qizilo‘rda, Aqto‘be va Olmaota viloyatlarida sodir bo‘lgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, budjet mablag‘larini talon-toroj qilishning mexanizmi, taxminan quyidagicha:

  • xodimga lavozimiga to‘g‘ri keladiganidan maoshdan ancha yuqori maosh to‘lanadi;
  • ish haqi umuman maktabda ishlamaydigan shaxslarga to‘lab beriladi;
  • xodimning ish haqi karta hisobvaraqlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi, lekin to‘lovlarda boshqa shaxsning ismi ko‘rsatiladi;
  • bir shaxsga bir necha marta takroriy pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi;
  • “o‘lik jonlar” – qarindoshlari va do‘stlariga pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashchilarning fikricha, bunday manipulyasiyalar maktab buxgalteriya tizimlari, Milliy ta’lim ma’lumotlar bazasi va G‘aznachilik-mijoz ma’lumotlar bazasi o‘rtasida integratsiya yo‘qligi tufayli yuzaga kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring