Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli aktrisaning nevarasi «mafiya odami» bo‘lib chiqdi

Taniqli aktrisaning nevarasi «mafiya odami» bo‘lib chiqdi

Foto: «ModaModaBe / YouTube»

Fransiyalik kinoyulduz Katrin Denyov hamda taniqli kinorejissyor (marhum) Roje Vadimning nevarasi Fransiyada politsiya tomonidan hibsga olindi.

«The Daily Mail» yozishicha, 32 yoshli Igor Vadim ayni paytda Parijdagi politsiya mahkamasida ushlab turilibdi. Neapol mafiyasi — Komorro bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan Vadim 50 yevrolik pullarni qalbakilashtirganlik uchun qamalishi mumkin.

Komorroning qilmishlariga chek qo‘yish uchun o‘tkazilgan maxsus amaliyotda jami 44 nafar shaxs qo‘lga olingan. To‘da butun Yevropa bo‘ylab qalbaki yevrolarni tarqatish bilan shug‘ullangan.

Igor Vadim to‘dada qanday «rol» o‘ynagani hozircha oshkor etilmagan. U Italiyaga ekstraditsiya qilinishi va sudlanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring