Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Texasda otishma: jabrlanganlar orasida bolalar ham bor

Texasda otishma: jabrlanganlar orasida bolalar ham bor

Foto: «RIA Novosti»

AQShning Texas shtati Fort-Uert shahrida sodir bo‘lgan otishmada 4 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma do‘konda sodir bo‘lgan. Bezori mashinadan turib do‘konga o‘t ochgan. Politsiya xodimlari voqea joyiga mahalliy vaqt bilan 17:39da yetib kelgan.

Qurolli hujum oqibatida ikki nafar uch yoshli bola hamda ikki nafar 19 va 20 yoshli o‘smirlar jarohatlangan. Yaralanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring