«Titanik»dan 5 barobar katta layner dengizga tushirildi. U sayohatga tayyor (foto)
«Royal Saribbean» kompaniyasining yirik «Ison of the Seas» (Dengizlar ma’budasi) kemasi sinovdan o‘tishini muvaffaqiyatli yakunladi va Karib dengizidagi ilk sayohatini boshlashga tayyor.
Birinchi sayohat 2024 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadi va bu kema tarixdagi eng katta yo‘lovchi kemasiga aylanadi.
Layner 19 ta palubaga ega bo‘lib, uning uzunligi 362 metr. Kemaning og‘irligi 250 800 tonnani tashkil qiladi. Bu afsonaviy «Titanik» og‘irligidan 5 baravar og‘ir.
«Royal Sarribian International» bayonotiga ko‘ra, kema jami 5610 yo‘lovchi hamda 2350 ekipaj a’zosini sig‘dira oladi.
Yo‘lovchilar 6 ta suv attraksioni, 7 ta basseyn va 9 ta jakuzili hovuzda dam olishi mumkin. Kema dunyodagi eng katta dengizdagi akvaparkga ega.
Ma’lumot uchun, «Ison of the Seas» 2024 yildan butun yil davomida Mayamidan Sharqiy va G‘arbiy Karib dengizi bo‘ylab yetti kechalik safarga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter