Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tixanovskaya: «Lukashenko hokimiyatni topshirsa shaxsiy xavfsizligi kafolatlanadi»

Tixanovskaya: «Lukashenko hokimiyatni topshirsa shaxsiy xavfsizligi kafolatlanadi»

Belarus muxolifati yetakchisi, sobiq prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya respublika prezidenti Aleksandr Lukashenkoni prezidentlikdan iste’foga chiqqan taqdirda shaxsiy xavfsizligi kafolatlanishini aytib o‘tdi.

«Shaxsiy xavfsizligini qo‘riqlovchilar bilan ta’minlangan uy – bo‘ldi», - deydi Tixanovskaya, Lukashenkoning o‘z lavozimini tark etganda shaxsiy xavfsizligi kafolatlanishi bo‘yicha savoliga javoban.

Seshanba kuni Tixanovskaya bilan bo‘lib o‘tgan suhbat ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon  tomonidan YouTube kanaliga joylashtirilgan.

Muxolifatdagi siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, bunday kafolatlar Belarus rasmiylari bilan «muzokaralar natijasida hal etilishi kerak».

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 9-avgustda Belorussiyada bo‘lib o‘tgan saylovlarda Lukashenko 80,1 foiz ovoz to‘plab oltinchi marta g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng Minskda va mintaqa bo‘ylab namoyishlar boshlandi.

Namoyishlar paytida xavfsizlik kuchlari maxsus vositalar va jihozlardan foydalanganlar. Rasmiylar uchta namoyishchining o‘limini rasman tasdiqlashgan.

Hozirda Belorusiyada Tixanovskaya tashabbusi bilan tuzilgan oppozitsiya koordinatsion kengashining bir qator a’zolariga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Saylovdan so‘ng Litvaga jo‘nab ketgan Tixanovskaya ekstremistik hamjamiyat tuzish va hokimiyatni egallab olishga urinish bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda; u Belarus va Rossiyada davlatlararo qidiruvga berilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring