Tojikistonda prezident saylovi natijalari ma’lum bo‘ldi

Kuni kecha, 11-oktyabr kuni Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan edi.
Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Emomali Rahmon beshinchi marta saylovlar g‘alaba qozongan.
Saylovlardagi davomat 85,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Rahmon 90,9 foiz ovoz to‘plagan.
Shuningdek, saylovlarda sotsialistlardan Abduhalim G‘afforzoda, Tojikiston iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda, Kommunistik partiyadan Miroj Abdulloyev va Agrar partiyadan Rustam Latifzoda ishtirok etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter