Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishi uchun yangi konstitutsiya kerak emas

Erdo‘g‘on yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishi uchun yangi konstitutsiya kerak emas

Mehmet Uchlum.

Foto: Haqqin.az

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on konstitutsiya o‘zgartirilmasa ham yangi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘ya oladi. Bu haqda Turkiya prezidentining maslahatchisi Mehmet Uchlum bayonot berdi.

«Erdo‘g‘on yana nomzodini qo‘yishi uchun yangi konstitutsiya kerak emas yoki eskisini o‘zgartirishga hojat yo‘q.

Masalan, agar parlament 2027-yilning uchinchi choragi oxirida yoki 2028-yil boshida kamida 360 nafar deputatning ko‘pchilik ovozi bilan takroriy saylov o‘tkazish qarorini qabul qilsa va prezident Erdo‘g‘on nomzodini qo‘yishga rozilik bersa, u so‘nggi marta saylovda qatnashishi mumkin», — dedi maslahatchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring