Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidenti Lula da Silva 120 yil yashamoqchi

Braziliya prezidenti Lula da Silva 120 yil yashamoqchi

Foto: Eurotopics

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva saylovoldi uchrashuvida 120 yil umr ko‘rmoqchi ekanini aytdi.

Rio-de-Janeyroda chiqishida u o‘z tarafdorlarini 70 yoshdan oshgan braziliyaliklarni bo‘lg‘usi prezidentlik saylovida ovoz berishga ko‘ndirishga chaqirdi. Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, 18 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun ovoz berish majburiy, 70 yoshdan keyin saylovda qatnashish ixtiyoriydir.

«Bilib qo‘ying, men 80 yoshdaman va 100, 120 yoshgacha yashamoqchiman hamda barcha saylovlarda ovoz bermoqchiman», — dedi Braziliya prezidenti.

Braziliya prezidentligi uchun saylov 4-oktyabrga belgilangan. Agar hech bir nomzod 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmasa, saylovning ikkinchi turi 25-oktyabrda o‘tkaziladi.

Datafolha kompaniyasi 24-sentyabrda e’lon qilgan so‘rovnomaga ko‘ra, Lula da Silva birinchi turda 40 foiz ovoz olishi mumkin. Uning asosiy raqibi, o‘ng qanot siyosatchisi va sobiq prezident Jair Bolsonaruning o‘g‘li Flaviu Bolsonaru 36 foiz ovozga umid qilishi mumkin.

So‘rovnoma natijalaridan xomcho‘t qilinsa, ikkinchi turda Lula 47 foiz, Bolsonaru 45 foiz ovoz to‘plagan bo‘lar edi.

Agarda mamlakat tarixidagi eng keksa prezident Lula da Silva bu safar ham saylovda g‘alaba qozonsa, uning to‘rtinchi prezidentlik davri boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring