«Tolibon» afg‘on xavfsizlik kuchlariga qarshi janglarni davom ettiradi

«Tolibon» harakati Afg‘oniston turmalarida saqlanayotgan a’zolari ozodlikka chiqarilgungacha qadar hukumat kuchlariga qarshi janglarini davom ettiradi. Bu haqda harakat vakili Muhammad Suhayl Shohin TASSga bergan intervyusida ma’lum qilganini Azon.uz xabar qildi.
«Biz tinchlik o‘rnatilishi uchun afg‘on hukumati bilan muzokaralarni boshlashni istaymiz. Biroq ular mahkumlarni ozodlikka chiqarmayapti, bu bilan muzokaralar boshlanishiga to‘sqinlik qilyapti. Shunday qilib, ikki o‘rtada kelishuv yo‘q ekan, albatta, janglar davom etadi», – dedi u.
Shohinning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bilan muloqot turmalardagi 5 ming tolib qo‘yib yuborilgandan keyin boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni «Tolibon» harakati mahkumlarning ozod qilinishi kechiktirilayotganini aytib, Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralarni to‘xtatganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter