Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» hukumati Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasiga rahbar tayinladi

«Tolibon» hukumati Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasiga rahbar tayinladi

Mug‘furulloh Shahob Afg‘oniston Islom Amirligining Toshkentdagi elchixonasiga rahbar etib tayinlandi.

Afg‘oniston OAVning yozishicha, mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-mexanik Mug‘furulloh Shahob Xalqaro islom universitetida hadis fanlari bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Pushtu, dari, urdu, arab va ingliz tillarini yaxshi biladi. Oxirgi ikki yarim yil davomida mamlakat Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

Mag‘furulloh Shahobgacha Toshkentdagi elchixonani Afg‘onistondagi avvalgi hukumat elchisi Ahmad Xolid Elmiy boshqarib kelgan. 

Ma’lumot uchun, Mag‘furulloh Shahob «Tolibon» kon va neft vaziri Shahobiddin Delaverning o‘g‘li hisoblanadi.

Hozircha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va «Tolibon» hukumati Mafg‘urulloh Shahobning tayinlanishi haqida rasman hech narsa demadi.

Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» hukumati shu kunga qadar Pokiston, Eron, Turkmaniston, Xitoy, Rossiya va Qatar davlatlaridagi Afg‘onistonning rasmiy vakolatxonalariga o‘z diplomatlarini tayinladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring