«Tolibon» muvaqqat hukumati tarkibiga o‘zbek millatiga mansub rahbar kiritildi

Abdul Salom Hanafiy.
«Tolibon» muvaqqat hukumatining etnik tarkibi haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy o‘zbek millatiga mansub ekanini ko‘rish mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, Hanafiy «Tolibon»ning obro‘li shaxslaridan biri bo‘lib, Qatar idorasi ishida muhim rol o‘ynaydi. 1996-2001 yillarda toliblar mamlakatni boshqarganida Afg‘oniston ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.
Bir vaqtlar u Kobul universitetida dars bergan. Harakat tashkil etilganidan beri «Tolibon» a’zosi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter