Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» ShHTga talab qo‘ydi

«Tolibon» ShHTga talab qo‘ydi

Afg‘oniston Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi davlat hisoblanadi, biroq toliblar iyun oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi sammitga taklif qilinmagan.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bu borada bayonot berdi.

«Afg‘oniston Islom Amirligi mintaqa xavfsizligini ta’minlash va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida bunday uchrashuvlarning o‘tkazilishini olqishlaydi va Afg‘onistonning bunday uchrashuvlarda (kuzatuvchi maqomiga ega) ishtirokini o‘zining ajralmas huquqi deb biladi», — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 4-iyul kuni ShHTga a’zo davlatlar onlayn ko‘rinishda sammit o‘tkazgandi. Unda Eron tashkilotga rasman a’zo bo‘lib kirdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring