Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tom Kruz jahon rekordini o‘rnatdi

Tom Kruz jahon rekordini o‘rnatdi

Foto: The Flow

«Uddalab bo‘lmas topshiriq» franshizasining so‘nggi filmida vertolyotdan yonib turgan parashyutda sakragan Tom Kruz jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Ginnessning rekordlar kitobi rasmiy saytida xabar berildi.

62 yoshli Tom Kruz filmlardagi barcha tryuklarini o‘zi bajarishi bilan nom qozongan.

«Uddalab bo‘lmas topshiriq: So‘nggi intiqom» filmi orqali u Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi. Kruz yonuvchi modda singdirilgan parashyutda vertolyotdan sakradi. U ushbu tryukni 16 marta bajardi — hali hech kim: bironta aktyor yoki kaskadyor buncha ko‘p sakragan emas.

«Uddalab bo‘lmas topshiriq: So‘nggi intiqom» filmi 2025-yilning 23-mayida kinoekranlarga chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring