To‘qayev chet el valyutasi va oltinni olib chiqishni taqiqladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Qozog‘iston Respublikasining moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, ekvivalenti 10 ming dollardan ziyod miqdordagi naqd valyuta hamda 5, 10, 20, 50 va 100 grammlik oltin quymalar va oltin-kumush tangalarni Qozog‘istondan olib chiqish taqiqlandi.
Shu kungacha 10 ming dollardan ortiq naqd valyutani deklaratsiyalab, 100 ming dollardan ortiq valyutani esa kelib chiqish manbaini ko‘rsatib Qozog‘istondan olib chiqish mumkin edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi kunlarda vaziyatdan foydalanib ittifoqdosh Rossiya subyektlari Qozog‘istondan ommaviy tarzda naqd valyuta olib chiqib ketishi holatlari ko‘payib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter