To‘rt mamlakat Rossiyani harbiy xarajatlar bo‘yicha ortda qoldirdi
![To‘rt mamlakat Rossiyani harbiy xarajatlar bo‘yicha ortda qoldirdi](http://static.xabar.uz/crop/8/2/720_460_95_820694119.png)
Stokgolm xalqaro tinchlik muammolari instituti (SIPRI) mamlakatlarning 2021-yildagi harbiy sarf-xarajatlarini hisobladi.
Qayd etilishicha, barcha mamlakatlarning mudofaa xarajatlari qo‘shilganda global iqtisodiyotning 2,2 foizini tashkil etdi.
Jahon mintaqalarida harbiy xarajatlar dinamikasi, 1988–2021
![](https://xabar.uz/static/uploads/49/v5IICc2pD9v8rgO1oGqK2lzJVXICYRsc.png)
Butun kuzatuvlar tarixida mamlakatlarning yillik yalpi harbiy xarajatlari ilk marotaba $2 trillionlik dovondan oshdi — $2,113 trln.
Harbiy xarajatlar bobida yaqqol ustun — AQSh, keyingi o‘rinlarda va yetakchi beshlikda: Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya. Jahon mudofaa budjetining 62 foizi shu besh mamlakatga to‘g‘ri keldi.
Top-5:
- AQSh — $801 mlrd
- Xitoy — $293 mlrd
- Hindiston —$76,6 mlrd
- Buyuk Britaniya — $68,4 mlrd
- Rossiya — $65,9 mlrd.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter