Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq katta yo‘qotishlarga uchradi

Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq katta yo‘qotishlarga uchradi

Donald Trampning ijtimoiy tarmog‘i ko‘p million dollarlik yo‘qotishlarga uchradi. Trump Media and Technology Group (TMTG) boshqaruv kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, birinchi chorak natijalariga ko‘ra, Truth Social kompaniyasi 327,6 million dollar zarar ko‘rgan.

Bu yil Truth Social Digital World Acquisition kompaniyasi bilan o‘z aksiyalarini ommaga chiqarish uchun bitim tuzishga 6,3 million dollar sarfladi. Yana 311 million dollar veksellarni konvertatsiya qilish va IPO yakunlangunga qadar qarz majburiyatlarini to‘lashga sarflandi.

AQSh sobiq prezidenti ijtimoiy tarmog‘ining uch oy davomidagi yo‘qotishlari o‘tgan yilga nisbatan bir necha baravar yuqori. Taqqoslash uchun: 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida kompaniyaning zarari 58 million dollarni tashkil qilgan.

TMTG vaziyatning jiddiyligini tan olishni rad etadi.

Bungacha Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘i aksiyalari tushib ketgani sababli dunyoning eng boy 500 kishisi ro‘yxatidan chiqib ketgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring