Tramp 8-mayni G‘alaba kuni deb e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 8-mayni ikkinchi jahon urushi uchun, 11-noyabrni esa birinchi jahon urushi uchun «G‘alaba kuni» deb e’lon qildi.
«Ko‘plab ittifoqchilarimiz va do‘stlarimiz 8 mayni G‘alaba kuni sifatida nishonlamoqda, ammo Ikkinchi jahon urushini g‘alaba bilan yakunlashda biz boshqa har qanday mamlakatdan ancha ko‘p ish qilganmiz. Shu bois men 8-mayni rasman Ikkinchi jahon urushi uchun G‘alaba kuni, 11-noyabrni esa Birinchi jahon urushi uchun G‘alaba kuni deb nomlayman. Biz har ikki urushda ham g‘alaba qozondik, kuch, jasorat va harbiy mahorat jihatidan hech kim bizga yaqin kela olmadi. Lekin biz shu kungacha hech narsani nishonlamay keldik, chunki bunday bayramlarni qanday nishonlashni biladigan rahbarlarimiz yo‘q edi! Ammo endilikda yana g‘alabalarimizni nishonlashni boshlaymiz», – deydi Tramp.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter