Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Atlantika okeani nomini o‘zgartirish uchun Google egasiga murojaat qilgan

Tramp Atlantika okeani nomini o‘zgartirish uchun Google egasiga murojaat qilgan

AQSh prezidenti Donald Tramp Atlantika okeani nomini o‘zining yoki Amerika nomi bilan almashtirish taklifini Google kompaniyasi rad etganini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Tramp Janubiy Karolinadagi mitingda Google bosh direktori Sundar Pichayga qo‘ng‘iroq qilib, Atlantika okeanining nomini o‘zgartirish imkoniyatini muhokama qilganini aytdi.

«Menga faqat ikkita okean yoqadi: Atlantika va Tinch okeanlari. Boshqa okeanlarga Tramp yoki Amerika nomini bermoqchi emasman. Shuning uchun Atlantika okeani masalasini jiddiy ko‘rib chiqdik», – dedi u.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Google rahbari bu taklifni rad etgan.

«Yo‘q, yo‘q. Bu safar bunday qilmayman. Okeanlar boshqa masala, janob prezident. Ular juda ko‘p mamlakatlar qirg‘oqlarini yuvib turadi. Iltimos, bizdan buni so‘ramang», – degan Pichay.

Shundan so‘ng AQSh prezidenti okeanning amaldagi nomini saqlab qolishga moyil ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp avvalroq Meksika qo‘ltig‘i nomini «Amerika qo‘ltig‘i» deb o‘zgartirish to‘g‘risida farmon imzolagan. Google Maps AQSh foydalanuvchilari uchun ushbu yangi nomni qo‘llay boshlagan.

Shuningdek, Tramp Ontario ko‘lini «Amerika ko‘li», Hurmuz bo‘g‘ozini esa «Tramp bo‘g‘ozi» deb nomlash g‘oyalarini ham ilgari surgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring