Tramp barcha davlatlarga nisbatan 10 foizlik tarif joriy etdi
AQSh prezidenti Donald Tramp barcha mamlakatlarga qo‘shimcha 10 foiz tarif joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. U bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida e’lon qildi.
«Men hozirgina Oval idorasida barcha mamlakatlarga 10 foiz global tarifni imzolaganimni e’lon qilishdan juda faxrlanaman, bu darhol kuchga kiradi», deb yozdi AQSh prezidenti.
Ushbu deklaratsiya Qo‘shma Shtatlarga kiradigan tovarlarga import tarifini joriy qiladi. U 24-fevraldan kuchga kiradi va 150 kun davomida amal qiladi, deb e’lon qildi Oq uy.
Avvalroq AQSh Oliy sudi Tramp tomonidan Favqulodda vaziyatlarni boshqarish to‘g‘risidagi qonundan foydalangan holda joriy etilgan tariflarni noqonuniy deb topdi. Sud prezident tariflarni joriy etish uchun qonunga murojaat qilib, o‘z vakolatlaridan oshib ketgan degan xulosaga keldi. Keyin Tramp barcha tariflar «amalda qolishini» aytdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter