Tramp: «Bir kun kelib Shimoliy Koreya boy davlatga aylanadi!»

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRni o‘zining «Twitter»dagi sahifasida «ulkan salohiyatga ega» deb yozdi.
«Men ishonamanki, kun kelib Shimoliy Koreya qudratli moliya va iqtisodga ega mamlakat bo‘ladi. Mamlakatning ulkan salohiyati bor. Kim Chen In ham bu fikrimga qo‘shiladi», — degan Tramp.
Bundan tashqari Oq uy rahbari AQSh va KXDR delegatsiyasining muzokara o‘tkazayotganini ham tasdiqlagan.
Avvalroq Tramp 12 iyunda Singapurda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan AQSh-KXDR sammitini bekor qilgani va yana bu fikridan qaytgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter