Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi Budapeshtda o‘tkazilishi mumkin

Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi Budapeshtda o‘tkazilishi mumkin, deb xabar berdi Politico.
Xabarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Vengriya poytaxtini «sammit uchun birinchi navbatdagi maydon» sifatida ko‘rmoqda, AQSh maxfiy xizmati uchrashuvni o‘tkazishga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun: 1994-yilda Vengriya poytaxtida Ukraina, Rossiya, AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan Budapesht memorandumi imzolangan. Unda Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishi evaziga imzolagan tomonlar Ukrainaning mustaqilligi va mavjud chegaralarini hurmat qilish majburiyatini olgan edi. Memorandumda, shuningdek, tomonlar Ukrainaning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch bilan tahdid qilish yoki uni qo‘llashdan o‘zlarini tiyishlari ko‘zda tutilgan. Ushbu hujjat asosida Ukraina sobiq ittifoqdan meros yadro qurollarini Rossiyaga topshirgan. Vaqtlar o‘tib nimalar yuz berganini ko‘rib turibmiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter