Tramp: «Rossiyadan sanksiyalarni olish uchun shartlarim bor»

AQSh prezidenti Donald Tramp kecha, 20-avgust kuni «Reuters» agentligiga bergan intervyusida Rossiyaga qo‘llanayotgan sanksiyalarni bekor qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi. Buning uchun Rossiya uning shartlariga ko‘nishi kerak.
Uning aytishicha, bu shartlar — Moskvaning Suriya va Ukraina masalasida Vashington bilan hamkorlik qilishidir.
— Agarda ular bizning foydamizga biron nima qilishsa, men bu masalani ko‘rib chiqaman. Aks holda bunday qilish niyatim yo‘q, — dedi Tramp Vladimir Putin bilan uchrashuvda sanksiya masalasini muhokama qilishmaganiga to‘xtalarkan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketini 22-avgustdan kuchga kiritmoqchi. Skripallar ishi dastak qilingan bu masalada London va Vashington Moskvani ayblamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter