Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Shimoliy Koreya rahbari bilan ikki Koreya chegarasida uchrashishga tayyor

Tramp Shimoliy Koreya rahbari bilan ikki Koreya chegarasida uchrashishga tayyor

Foto: AIF

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan ikki Koreya chegarasidagi Pxanmunjon shahri hududidagi «Tinchlik uyi»da uchrashishga tayyor.

«Uchrashuv joyi sifatida bir nechta mamlakat ko‘rib chiqilmoqda. Ammo Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasidagi Erkinlik uyi hukumat darajasidagi joy emas. Shu bois u unchalik muhim va esda qolarli taassurot qoldirmaydi», – deb yozgan Tramp o‘z tvitterida.

«CBS» telekanali Tramp va Kimning uchrashuvi betaraf hudud – Mo‘g‘uliston yo Singapurda ham o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar berdi.

Avvalroq «Tinchlik uyi»da Janubiy va Shimoliy  Koreya rahbarlarining 10 yildan keyingi birinchi sammiti o‘tkazilgan edi. Ushbu tadbir yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash hamda Koreya yarimorolini yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirish bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya  qabul qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring