Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Zelenskiy G7 sammiti doirasida uchrashishi mumkin

Tramp va Zelenskiy G7 sammiti doirasida uchrashishi mumkin

Kiyev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Trampning Kanadadagi G7 sammiti doirasidagi uchrashuviga umid qilmoqda. Bu haqda prezident devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.

Yermakning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Yuliya Svyridenko boshchiligidagi delegatsiya 3-5 iyun kunlari AQShda bo‘lgan va uning vazifalariga, jumladan, uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish ham kiritilgan.

«Bizning tashrifimiz, o‘ylashimcha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va prezident Trampning Kanadada 10 kundan keyin bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti doirasidagi uchrashuviga tayyorgarlik edi. Bu uchrashuvga tayyorgarlik borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi», – dedi Yermak.

AQSh tomoni hozircha uchrashuv bo‘lib o‘tishini rasman tasdiqlagani yo‘q.

Tramp va Zelenskiy 2025-yilda ikki marta uchrashgan. Ularning 28 fevral kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvi janjal bilan tugagan, shundan so‘ng Tramp Ukrainaga harbiy yordamni vaqtinchalik to‘xtatgan edi. Ikkinchi uchrashuv 26-aprel kuni Vatikanda Rim papasi Fransiskning dafn marosimida bo‘lib o‘tdi. Bunda, OAV yozganidek, Zelenskiy Trampni Rossiyaga nisbatan qattiqroq pozitsiyani egallashga ishontira oldi.

G7 sammiti Kanadaning Alberta provinwiyasida 15-17 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring