Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampga o‘xshash odam haqidagi 10 soniyali klip 6,6 million dollarga sotildi (video)

Trampga o‘xshash odam haqidagi 10 soniyali klip 6,6 million dollarga sotildi (video)

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Mayamilik kolleksioner Pablo Rodriges-Frayle AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga o‘xshagan odam tasvirlangan qisqa videorolikni 6,6 million dollarga sotdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Bunday san’at asarining haqiqiyligi va muallif huquqi maxsus belgi bilan tasdiqlanadi.

Animatsiya ko‘rinishida tayyorlangan videorolikda erkak va ayollar o‘tayotgan yo‘lakchali park tasvirlangan. Maysada Trampga o‘xshash bahaybat pape-mashe odam yotibdi va uning butun tanasiga har xil shiorlar yozib tashlangan. Bir payt ko‘k qush (Twitterni ifodalovchi) uchib kelib, unga qo‘nadi va sayraydi.

«G‘alabaning o‘g‘irlangani»ni da’vo qilgan Tramp Kapitoliydagi tartibsizlikdan bir necha kun o‘tib 6-yanvar kuni zo‘ravonlikni qoraladi. Noyabrdagi saylovlardan so‘ng darhol natijalarni sudda hal qilishga urinib ko‘rdi.

Donald Tramp, shuningdek, 20-yanvar kuni Baydenning inauguratsiyasida qatnashmadi, ammo hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishini kafolatladi. Tadbir boshlanishidan sal oldin u rafiqasi bilan birga Floridadagi mulkiga jo‘nab ketdi. Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, 45-prezident Oq uyda unga «ajoyib» xabar qoldirgan, ammo uning mazmuni oshkor etilmadi.

13-yanvar kuni Kongress Vakillar Palatasi Trampga impichment e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ovoz berdi, ammo pirovard natijada u tasdiqlanmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring