Trampning tarafdori — konservativ bloger Charli Kirkka suiqasd uyushtirildi

AQShda taniqli konservativ notiq hamda prezident Trampning tarafdori Charli Kirkka suiqasd uyushtirildi.
Yuta shtatidagi tadbirda qatnashayotgan Kirkni noma’lum shaxs o‘q otar qurolda bo‘ynidan jarohatladi. Kirk og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan.

Videodan skrinshot
Charli Kirkning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida uning vafot etganligi haqida xabar berildi. Keyinroq Donald Tramp ham Kirkning olamdan o‘tganini ma’lum qildi.
FQB rahbari Kesh Patel ma’lum qilishicha, Kirkning qotili qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter