Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tula viloyatida bir ayol begonalarning ikkita mashinasini metallolomga topshirib yubordi

Tula viloyatida bir ayol begonalarning ikkita mashinasini metallolomga topshirib yubordi

Foto: «Vesti»

Rossiyaning Tula viloyat sudi ayolni bir yilu to‘qqiz oy qamoq jazosiga hukm qildi. U ko‘p qavatli uyning avtoturargohidan ikkita avtomobilni o‘g‘irlaganlikda aybdor deb topildi, deya xabar berdi «Vesti».

Jinoyatchi evakuatorni chaqirib, o‘zini boshqaruv kompaniyasi xodimi sifatida tanishtirgan va «Chery», «GAZ» rusumli avtomobillarni platformaga yuklashni buyurgan.

Mashinalar avtoturargohdan olib chiqilib, sudlanuvchi tomonidan metallolom qabul qilish punktiga topshirilgan.

Birinchi jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar 57 605 rubl, ikkinchisiniki esa 31 622 rublni tashkil etdi.

Ayol jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi, dedi Tula viloyati sud departamenti matbuot kotibi Olga Dyachuk. Hukm qonuniy kuchga kirmagan va qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring