Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tunis prezidenti Beji Kaid as-Sebsi vafot etdi

Tunis prezidenti Beji Kaid as-Sebsi vafot etdi

Foto:«Korrespondent.net»

Tunis prezidenti Beji Kaid as-Sebsi 92 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda prezident administratsiyasining Feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.

Xabarda qayd etilishicha, prezident payshanba kuni ertalab mamlakat poytaxtidagi harbiy gospitalda jon bergan.

As-Sebsi oxirgi vaqtlarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarga uchrayotgan edi. U 2017-yildan beri eng yoshi ulug‘ amaldagi prezident sanalar edi.

As-Sebsi 1926-yilning 26-noyabrida tavallud topgan. Tunis prezidentligiga 2014-yil 31-dekabrda saylangan edi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring