Tunis prezidenti deputatlarni xoinlikda ayblab parlamentni tarqatib yubordi
Tunis prezidenti Qays Said parlamentni xoinlikda ayblab tarqatib yubordi. Bu haqda 30-mart kuni «Al Jazeera» xabar berdi.
«Men bugun, tarixiy ushbu damda, davlat va uning institutlarini saqlab qolish uchun, Xalq vakillari yig‘ini tarqatib yuborilishini e’lon qilaman», — dedi Tunis prezidenti Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
Ushbu bayonot parlament deputatlari onlayn yalpi majlis o‘tkazib, prezidentning Yig‘in (parlament) faoliyatini to‘xtatish va Qays Saidga deyarli cheklanmagan hokimiyat berishni ko‘zda tutuvchi farmonlariga qarshi qonun loyihasi uchun ovoz berishganidan so‘ng, oradan bir necha soat o‘tib jarangladi.
Tunis adliya vaziri Laylo Jeffal bosh prokurordan parlament a’zolari ustidan «davlat xavfsizligiga qarshi fitna» bo‘yicha tergov boshlashni so‘radi.
Said parlamentning qarorini «davlat to‘ntarishiga urinish» deya baholab, aybdorlar millatni «sotganini» ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter